Fransiya kompaniyasi Sirdaryoda yangi IES quradi

Fransiyaning EDF kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektrostantsiyasini qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asos loyihasini ishlab chiqish uchun tenderda g‘olib bo‘ldi, deb xabar qildi «O‘zbekenergo» AJga tayangan holda O‘zbekiston Hukumat portali.​

Foto: assparcosud.org

Ma’lumotlarga ko‘ra, EDF loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun maslahatchi tanlovi va bazaviy loyihalashtirish, shuningdek, «Sirdaryo viloyatida quvvati 450 MVt.dan bo‘lgan ikkita bug‘-gazli qurilma bloki tarkibida yangi issiqlik elektrostantsiyasini qurish» doirasida IESni barpo etish bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘lgan.

Avvalroq «O‘zbekenergo» AJ 2016-2018-yillarda Sirdaryo viloyatida quvvati 900 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektrostantsiyasini qurishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilingandi.

Stansiya loyihasi o‘z ichiga har birining quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gazli qurilma blokini qurishni oladi.

Loyihaning dastlabki qiymati 910 mln dollarni tashkil etadi, bunda 500 mln dollarlik xorijiy kreditlar ham hisobga olingan.

Yangi IESning qurilishi «O‘zbekenergo»ning mamlakat elektroenergetika sohasini 2015-2019-yillarda rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar