FQB xodimasi IShID jangarisiga turmushga chiqgani ma’lum bo‘ldi


AQSh FQBsida tarjimonlik qilgan Daniela Grin 2014-yilda Suriyaga jo‘nab ketgan va IShID terroristik guruhi jangarisi, sobiq germaniyalik reper Denis Kuspertga turmushga chiqgan. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, bu munosabatlardan so‘ng AQSh hukumati tergov ishini boshlagani haqida Grin Kusperni ogohlantirgan. Turmushga chiqganidan bir necha haftadan so‘ng o‘z xatosini bilgan Daniela Grin uyiga qaytib kelgan.

Ayol tergovchilar bilan hamkorlik qilib, yolg‘on ko‘rsatma berganiga iqror bo‘lgan. Natijada u ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilingan va 2016-yil yozida ozod etildi. Telenkanal suhandoni esa Amerika hukumatini Gringa nisbatan “haddan ortiq adolatlilik” qilingan deb hisobladi.

Eslatib o‘tamiz, IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

 

Latest from Blog