Forbes jurnali 2021-yilning eng boy odamlari roʻyxatini eʼlon qildi. Yangilangan roʻyxatga koʻra, dunyoning eng boy odami maqomini toʻrt yildan beri Amazon platformasining asoschisi, Jeff Bezos egallab kelmoqda. Uning boyligi bugungi kunda $177 milliardga teng. Bu avvalgi yilga nisbatan $64 milliardga koʻpdir.
Ikkinchi oʻrinni esa Tesla asoschisi Ilon Mask egalladi. Tadbirkorning boyligi $151 milliardga baholanmoqda. Eʼtiborlisi, bir yil ichida Maskning pullari $126,4 milliardga koʻpaydi.
Dunyoning eng boy odamlari uchtaligini Bernar Arno yopmoqda. Uning boyligi Masknikidan biroz kamroq, $150 milliardga teng.
№ | Ismi | Yoshi | Kompaniyasi | Davlati | Boyligi (milliard $) | Oʻzgarish |
1 | Djeff Bezos | 57 | Amazon | AQSH | 177 | +64 |
2 | Ilon Mask | 49 | Tesla | AQSH | 151 | +126,4 |
3 | Bernar Arno | 72 | LVMH | Fransiya | 150 | +74 |
4 | Bill Geyts | 65 | Microsoft | AQSH | 124 | +26 |
5 | Mark Sukerberg | 36 | AQSH | 97 | +42,3 | |
6 | Uorren Baffet | 90 | Berkshire Hathaway | AQSH | 96 | +28,5 |
7 | Larri Ellison | 76 | Oracle | AQSH | 93 | +34 |
8 | Larri Peydj | 48 | AQSH | 91,5 | +40,6 | |
9 | Sergey Brin | 47 | AQSH | 89 | +39,9 | |
10 | Mukesh Ambani | 63 | Reliance Industries | Hindiston | 84,5 | +19,9 |