Fohisha qizni ko‘ngil ovlashga majburlagan IIB xodimi mahkamaga tortildi

Toshkent shahar IIBB Aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi xodimi, serjant Shokir Berdiyev tamagirligi va lavozimini suiiste’mol qilgani bois jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Sof.uz “Postda” nashriga tayanib xabar qilmoqda.

M.Y. ismli ayol aniq yashash joyi va mashg‘ulot turiga ega bo‘lmaganlikda gumon qilinib, markazga olib kelingan.

M.Y.ni markazdan olib chiqish uchun uning dugonasi hujjatlar bilan kelgan. Markaz xodimi Shokir Berdiev suhbat asnosida M.Y.ning dugonasi tanasini sotish bilan shug‘ullanib kelganini bilib olgan.

Shundan keyin har ikki qizni jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, M.Y.ning dugonasidan pul undirgan hamda uni o‘z ko‘nglini ovlashga majburlagan.

Keyin ham nafsini jilovlashni butunlay unutgan serjant Sh. Berdiyev yana bir necha marotaba qizni pinhoniy uchrashuvlarga majburlagan.

Shu tariqa qiz huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan. IIB vakiliga sud tegishli jazo tayinlagani xabar qilingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog