Florida shtatida noma’lum shaxs quroldan o’q uzishi oqibatida bir kishi halok bo’ldi


AQShning Florida shtatida noma’lum shaxsning quroldan o‘q uzishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Bu haqda ABC telekanali mahalliy politsiyaga tayanib xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, voqea shanba kuni ertalab Tamp shahrida joylashgan The Palace Lounge kafesiga yaqin avtoturargohda sodir bo‘lgan.

Shahar politsiyasi vakili Stiv Xegartning so‘zlariga ko‘ra, ikki kishi avtoturargohda janjallashib qolgan. So‘ng ulardan biri mashinaga o‘tirib odamlarga qarata quroldan o‘q uza boshlagan. Bir kishi halok bo‘lgan, to‘rt kishi jarohatlangan. Ular darhol shifoxonaga yetkazilgan.

Politsiya voqea joyiga yaqin yerdan ushlangan shubxali shaxsni so‘roq qilmoqda. Voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Latest from Blog