FIFA Messini diskvalifikatsiya qilishi mumkin


Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA tomonidan diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

Bundan avvalroq, OAVda JCh-2018 saralashi doirasida Argentinaning Chiliga qarshi uchrashuvi vaqtida Messi qanot hakamlaridan birini haqorat qilgani haqida xabar qilingan edi.

Bu ma`lumot FIFAga ham yetkazilgan, federatsiya Argentina terma jamoasidan bu borada izoh so‘ragan. AFA esa buni tasdiqlaydigan isbot yo‘qligini ma`lum qilgan.

Shundan so’ng FIFA uchrashuvda ishlagan braziliyalik hakamlar brigadasiga murojaat qilgan. Ular bir ovozdan Messidan haqoratli so‘zlar eshitishmaganini aytishgan.

FIFA esa hakamlar bu xabarni tasdiqlamagan bo‘lsada futbolchini jazolash huquqiga egaligini eslatib o‘tgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar