Festival sabab 8-sentabr kuni Toshkent markazidagi qator ko‘chalar yopiladi

O‘zbegim milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladigan kuni poytaxtdagi qator ko‘chalarda harakat cheklanadi.

Foto: guvd.uz

Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi O‘zbegim milliy qadriyatlar festivali o‘tkaziladigan 8 sentyabr kuni transport vositalari harakati cheklanadigan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ko‘chalar ro‘yxati

A.Temur — Shaxrisabz ko‘chasidan Navoiy ko‘chasiga qadar;

Shevchenko — Shahrisabz ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasiga qadar;

Islom Karimov — Sharof Rashidov ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasiga qadar;

Matbuotchilar — Sharof Rashidov ko‘chasidan Zarafshon ko‘chasiga qadar;

Buyuk Turon — Navoiy ko‘chasidan I.Karimov ko‘chasiga qadar;

Zarafshon — Navoiy ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasiga qadar;

Oloy — Shahrisabz ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasiga qadar;

Mustaqillik — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar;

Maxtumquli — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasiga qadar;

Istiqbol — Shahrisabz ko‘chasidan Amir Temur xiyoboniga qadar.

Shuningdek, tadbir o‘tkaziladigan vaqtda sharoit taqazo etsa, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarga yondosh boshqa ko‘chalarda ham transport vositalari harakati cheklanishi mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar