Feruza Sobitova: Gavharni uyimdan chiqarib yuborganman

“Mening yurtim“ telekanalining yangiliklar dasturida intervyu bergan aktrisa Feruza Sobitova hamkasbi, marhuma Gavhar Sharipovani Rossiyadan qaytib kelganidan soʻng, uyida bir muddat yashab turganini maʼlum qildi.

Foto: Kino-teatr.ru

Aktrisa Feruza Sobitovaning maʼlum qilishicha, marhuma Moskvadan qaytib kelganidan soʻng yashashga joyi boʻlmagan va uning uyida bir muddat yashab turgan. Uning soʻzlariga koʻra, Gavhar judayam tushkunlik holatida boʻlgan biroq, Feruza Sobitova keyinchalik hamkasbini uyidan chiqarib yuborgan.

“Gavhar judayam tushkunlik holatida edi. U bilan koʻp suhbat qilardik. Hayotimni qaytadan boshlasam, xatolarga yoʻl qoʻymasdim. Lekin memga koʻp yashamayman Feruza derdi… Men uni uyimdan chiqarib yubordim” – deya hikoya qilgan u marhum dugonasi haqida.

Eslatib oʻtamiz, aktrisa Gavhar Sharipova 19-noyabrga oʻtar kechasi Qashqadaryo viloyatida fojiali tarzda halok boʻlgani xabar berilgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, u Surxondaryodan qaytishda oʻtirgan yuk mashinasining haydovchisi unga shilqimlik qilgan, shundan soʻng aktrisa soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanib ketayotgan mashina eshigini ochib, undan tushib ketgan va voqea joyida halok boʻlgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog