Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yangi rahbar va o‘rinbosarlar tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Zohid Dusanov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 12-fevraldagi PQ-3525-sonli qaroriga ko‘ra, mazkur agentlikka Aziz Abdullayev rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “O‘zfarmsanoat”

Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Nozim Berdiyev, o‘rinbosar lavozimiga esa Alisher Temirov tayinlandi.

Aziz Abdullayev shu vaqtgacha “Dori vositalar, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning iyulida “O‘zfarmsanoat” konserni tugatilib, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar