Farg‘onalik ayol mast erini o‘ldirib qo‘ydi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi 52 yoshli ayol turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi, deb xabar beradi IIV matubot xizmati.

Foto: Oxu.az

Xabarga ko‘ra, oilaviy janjal oqibatida ayol mast holdagi birga yashagan turmush o‘rtog‘i, 1964-yilda tug‘ilgan B.Xni ochiq ayvondan itarib yuborgan. Bu ham yetmaganday pastga yiqilgan vaqtida uning boshiga yog‘och bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay B.X shu yerda vafot etgan.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog