Farg‘onada koronavirusga chalingan bir bemor qoldi. O‘zbekiston bo‘yicha sog‘ayganlar soni 2046 nafarga yetdi

Farg‘ona viloyatida 13-may kuni olti nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Tuzalib chiqqanlarning uch nafari Turkiyadan, bir nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach shifoxonaga yotqizilgan. Qolgan ikki nafari kasallikni koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda yuqtirib olgan.

Ularning ikki nafari erkak, to‘rt nafari ayol. Hududlar kesimida ko‘rib chiqilsa, uch nafari Farg‘ona viloyatidan, qolgan uch kishi Qoraqalpog‘iston, Andijon va Namangandan. Eng kattasi 54 yoshda, eng kichigi 23 yoshda.

Shunday qilib, Farg‘ona viloyatida koronavirusdan sog‘ayganlar soni 156 nafarga yetdi. Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, hozirda viloyatda koronavirusga chalingan bir bemor qolmoqda.

“Ya’ni, vodiy viloyatlari ichida Farg‘ona koronavirusdan holi hudud bo‘lishga juda yaqin turibdi”, — deyiladi SSV axborotida. Umuman, O‘zbekiston bo‘yicha koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2046 nafarga yetdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog