Fargʻonada qoidabuzarliklarni aniqlovchi yangi qurilmalar ishga tushirildi

Fargʻona viloyati IIB tomonidan yoʻl harakati xavfsizligi sohasiga zamonaviy texniklar joriy etish davom etmoqda. Maqsad — yoʻl-transport hodisalarini oldini olish, qoidabuzarliklarni aniqlashda inson omilini kamaytirishdir. Ana shunday qurilmalardan yana biri Quva tumanida ishga tushirildi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu qurilmalar yoʻl harakati qoidalarining 91-bandida nazarda tutilgan qoidabuzarliklar yaʼni “Toʻxtash va toʻxtab turish” qoidalariga amal qilmagan transport vositalarini onlayn tarzda aniqlaydi. Tumanda oʻrnatilgan fotovideo fiksatsiya qurilmasi orqali bir kunda 115 ta ana shunday qoidabuzarliklar qayd etildi.

Yaqin kunlarda ushbu zamonaviy texnikalar viloyatning Rishton, Toshloq, Soʻx, Oʻzbekiston va Buvayda tumanlarida ham ishga tushiriladi.

“Hurmatli haydovchilar! Oilaviy byudjetingizga zarar keltirishni istamasangiz yoʻl harakati qoidalariga amal qiling” deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog