Foto: Interfax.uz

Facebook xodimlarini ofislarga qaytarishni 2022-yilga qoldirdi

/

Facebook koronavirusning delta shtammi tarqalishidan xavotirlanib, xodimlarini AQSh ofislariga 2022-yilning yanvarigacha qaytarish rejalarini kechiktirish haqidagi qarorini eʼlon qildi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.

Korporatsiyaning taʼkidlashicha, ular ishchilarning ofislarga qaytish imkoniyatini hech qanday sanada emas, balki maʼlumotlarga asoslanib aniqlaydilar. Facebook kompaniyaning chet ellik xodimlari ham masofaviy ishda qolishi mumkinligini koʻrsatdi.

Bungacha korporatsiya oktyabr oyida ishchilarni oʻz ofislariga qaytarishni rejalashtirgandi.

Avvalroq Amazonda ham shunday qaror qabul qilingan edi. Kompaniya oʻz xodimlari sentyabr oyining boshidan ofislarda ishlashni muntazam ravishda davom ettirishiga umid qilgandi, lekin oxir-oqibat ular bu muddatni kamida 2022-yilning 3-yanvariga qoldirishdi.

Koronavirusdan vafot etganlarning aksariyati Qoʻshma Shtatlarda roʻyxatga olingan, ularda 36 milliondan ortiq COVID-19 aniqlangan, vafot etganlar soni 618 mingdan oshgan.

Latest from Blog