“Estoniya” paromining halokati bilan bogʻliq dalil topildi

“Estoniya” paromining qulashi haqidagi hujjatli filmni suratga olayotgan “Discovery” telekanali xodimlari kemada toʻrt metrli teshik topdilar. Bu haqda “Rambler” sayti “Postimees” maʼlumotiga tayanib xabar bermoqda.

BBC.com

Nashrning taʼkidlashicha, ilgari bu teshik haqida hech kim bilmagan, chunki uni qisman dengiz tubi yashirgan. “Discovery” jamoasi robot gʻavvos bilan teshikni topdi.

“Ushbu holat halokat sodir boʻlishida muhim rol oʻynaganini inkor qilib boʻlmaydi”, deya izoh berdi topilma va dengiz texnologiyalari professori Yorgen Amdahl.

“Rambler” xabar berganidek, Estoniya paromi 1994-yil 28-sentabrda Boltiq dengizidagi boʻron paytida choʻkib ketgan. Bortdagi 989 kishidan 137 kishi qutqarilgan.

Rasmiylarning taʼkidlashicha, burun pardasini qulflash moslamasining ishlamay qolishi “Estoniya” paromining choʻkishiga sabab boʻlgan. Teshik haqida taxminlar ilgari ham bildirilgan, ammo rasmiylar ularni rad etishgan.

“Rus.err.eye” portali taʼkidlashicha, Estoniya, Finlyandiya va Shvetsiya tashqi ishlar vazirlari “Discovery” filmida keltirilgan maʼlumotlarni tekshirishga vaʼda berishgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog