Ertaga Oʻzbekistondagi nechta maktab ochilishi maʼlum boʻldi

Joriy yilning 7-sentabr kunidan eʼtiboran ochilgan maktablarni hisoblaganda 14-sentabr kuni ochiladigan jami maktablar soni 2635 tani tashkil qiladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Foto: SSV

“Avval xabar berilganidek Respublikadagi qolgan maktablar oktabr oyiga qadar individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sogʻliqni saqlash tizimi xulosalariga muvofiq faqatgina Mahalliy Kengash deputatlari ruxsatidan soʻng qabul qilinadi.

Bunday qaror hududdagi epidemiologik vaziyat, oʻqituvchilarda aniqlangan koronavirus koʻrsatkichi, hududdagi sogʻliqni saqlash tizimining vaziyatga tayyorligidan kelib chiqib qabul qilinadi.

Bunda har har bir hudud individual tarzda yondashayotganligini ham alohida qayd etish mumkin. Aytaylik, Navoiy viloyatidagi baʼzi maktablarda dastlabki haftalarda asosan boshlangʻich sinf oʻquvchilari anʼanaviy taʼlim shakliga jalb qilinmoqda, boshqa viloyatlarda esa maktabning har bir sinfi turli vaqtda va navbatda oʻqishni tashkil qilmoqda.

Har bir viloyat va tuman kesimida faoliyati tiklanayotgan maktablar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha hokimliklar va tuman xalq taʼlimi boʻlimlari rasmiy internet tarmoqlarida eʼlon qilinishi belgilangan. Shu bilan birgalikda, maktablar sinf rahbarlari orqali ota-onalarni xabardor qiladilar.

Eslatib oʻtamiz, maktabi faoliyatini tiklamagan oʻquvchilarning taʼlim olishi “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanadi.

Onlayn maktab loyihasi doirasida darslar jadvali kunlik ravishda eʼlon qilib boriladi”, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog