Foto: AzerNews

Ertadan Samarqanddagi barcha maktab va bogʻchalar yopiladi

/

Samarqand shahar hokimligi Axborot xizmatining xabariga koʻra, shahardagi maktabgacha taʼlim muassasalari hamda umumiy oʻrta taʼlim maktablarida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish koʻrsatkichi keyingi kunlarda bir necha barobar oshib borayotganligi bois shahar hokimligi huzuridagi epidemiyaga qarshi kurash favqulodda komissiyasining qarori tasdiqlandi. Unga koʻra, shahardagi barcha maktab va maktabgacha taʼlim muassasalarida 14 kunlik karantin joriy etildi.

Shu sababli oʻquvchilarga erta, 27-apreldan boshlab onlayn taʼlim berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Eslatib oʻtamiz, muassasalarga kirib-chiquvchilar orasida karantin davrida koronavirusni yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa taʼlim berish tizimi anʼanaviy yoʻlga qoʻyiladi, deyiladi xabarda.

Latest from Blog