Eronning yangi prezidenti korrupsiya va qashshoqlikka qarshi kurashishga va’da berdi

/

Eronning saylangan prezidenti Ibrohim Raisiy eronliklar oʻzgarishlarni, korrupsiyaga qarshi kurashish va turmush tarzi yaxshilanishini talab qilayotgani hamda yangi hukumat bu talabni bajarishini aytdi.

“Eron xalqining talabi – oʻzgarishlar. Eron xalqining talabi – korrupsiya, qashshoqlik va diskriminatsiyaga qarshi kurash hamda adolatga erishish”, — dedi u.

Raisiyning qoʻshimcha qilishicha, “bu talab yangi hukumat tomonidan eshitilishi shart”.

Uning soʻzlariga koʻra, “ishbilarmonlik holati, odamlar hayoti va hukumatdagi vaziyatni yaxshilash, maʼmuriy tizim islohoti va byurokratiyani yoʻq qilish hukumatning ustuvor vazifasi boʻladi”.

Eronda prezidentlik saylovi 18-iyun kuni oʻtkazildi. Unda Raisiy 62 foizga yaqin ovoz bilan gʻolib chiqdi.

Latest from Blog