Erondagi Beruniy haykali va sayohatdagi g‘aroyibotlar

Tasavvur qiling, Erondasiz. Shaharlarni aylanib yurib, Beruniy bobomizning haykaliga duch kelasiz. Kutilmagan “uchrashuv”, shunday emasmi?! Hozir esa Eron bo‘ylab sayohatda Sizni hayratlantiradigan shu va yana olti haykal bilan tanishtiramiz.

Semurg

Semurg‘ qushi. Nishapur

Nishopur (Xuroson viloyatida) buyuk Fors shoiri Attorning shahri. Bu yerda Firdavsiyning asarida keltirilgan afsonaviy qush – Semurg‘ning 25 metrlik haykali bor. Ushbu asar muallifi ikki haykaltarosh: otasi va o‘g‘li. Reza va Meysam Hadiani. Afsonaga ko‘ra, Semurg‘ qushi Elburs tog‘ining cho‘qqisida yashaydi. Bir kuni u chaqaloqning ovozini eshitadi. Bu jangchi Rustamning otasi Zal edi. U oq tug‘ildi va ota-onasi yomonlikdan qo‘rqib, uni tashlab ketishadi. Qush bir bolani ko‘tarib, hikmatini aytib beradi. Zal odamlar orasiga qaytib borishga qaror qilganida, Semurg‘ unga uchta patini beradi. Agar zarur bo‘lsa, patlarni yoqishi mumkin. Shunda Semurg‘ unga yordamga kelardi. Zal xotini Rudabaning ko‘zi yoriyotganida patlardan birini ishlatadi. Zal uning o‘limidan qo‘rqib, Semurg‘ni chaqirgan edi. Afsonaga ko‘ra, sehrli qush chaqaloqni ona qornidan yorib olishni o‘rgatadi.  Ayol qutqariladi. Rustam mana shu afsonaning markaziy qahramonlaridan biri. Shu tariqa Semurg‘  Attorning “Mantiq ut-tayr” asarida ham paydo bo‘ldi.

alpinist

Darbandlik alpinist. Tehron

1950-yillar oxirida Eronlik professional alpinistlar Tehron ma’muriyatidan maskur haykalni qishki sport turlarining ramzi sifatida o‘rnatishlarini so‘rashdi. Loyiha haykaltarosh Reza Riaxiga topshirildi. Shunday qilib Tehron maydonida Darbandlik alpinistning bronza figurasi paydo bo‘ldi. Yodgorlik Elburs tog‘dagi mahalla – Darband orqali yurib, tog‘ cho‘qqisi tomon yuruvchilar uchun ko‘rsatkich belgidir. Haykal dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan.

Beruniy

Abu Rayhon Beruniy haykali. Tehron

Tehrondagi istirohat bog‘i orqali sayr etarkansiz, bir g‘alati haykalga duch kelasiz: unchalik katta bo‘lmagan favvora markazida falakiyot olimining besh metrlik bronza haykali. Bu XI asrda yashagan bobomiz, qomusiy olim  Abu Rayhan Beruniy. Haykal 1994-yilda Muhammad Ali Modadi tomonidan yaratilgan. Al-Beruniy astronomiya, matematika, mexanika, geodeziya, mineralogiya, geografiya, tarix va boshqa ko‘plab fanlar bilan shug‘ullanib ulkan natijalarga erishgan.

Shopur

Shapur haykali. Bishapur

Sosoniylar imperiyasining qadimiy shahari Bishapur (Fors viloyati)ga yaqin daradagi g‘orga tushaverishda shoh Shopurning haykali bor. Uning muallifi noma’lum. Haykal 1700 yil davomida g‘orni “qo‘riqlab” kelgan. Bu imperiyaning bizning davrimizgacha saqlanib qolgan eng yirik yodgorliklaridan. Yodgorlikning balandligi 7 metr. U to‘liqligicha saqlanib qolmagan.

bronza erkak

Suv tutgan erkaklar haykali. Yazd

Bu haykal shaharda har doim qadrlanadigan muhim resursi – Suvga bag‘ishlangan. Cho‘l sahrosi bilan o‘ralgan Yazdda suv manbalarining yetishmasligi muammosi doimo dolzarb. Haykal shaharning asosiy ramzlaridan biriga aylandi. Maydondan uzoq bo‘lmagan suv muzeyida bular haqida ko‘proq bilib olishingiz mumkin.

Nodirshoh

Nodirshah ot ustida. Mashhad

Eron shohi Nodirshoh katta saltanat qurgan. Uning qabri hukmronligi davrida poytaxt bo‘lgan Mashhadda. Yodgorlik XX asrda arxitektor Hasan Sodiqiy tomonidan qurilgan. Uning ustida askarlari o‘rab olgan ot ustida o‘tirgan jangari Shoh tasvirlangan. Maqbaraning yonida Nodirshoh davridan boshlab qurollar to‘plamini saqlaydigan muzey joylashgan.

sher

Tosh arslon haykali. Hamadan

Bu haykalga asos bo‘lgan motiv haqida rivoyatlar ko‘p. Ba’zilari Aleksandr Makedonskiy bilan bog‘liq.

Fikr bildirish

Latest from Blog