Eron hukumati milliy valyutani 10 barobar denominatsiya qiladi va nomini oʻzgartiradi

Eron qonun chiqaruvchilari hukumatning milliy valyutani denominatsiyalar va nomini oʻzgartirish borasidagi gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi. Shu tariqa Eron riali toʻrtta noldan mahrum boʻladi: 10 ming riallik yangi banknot toman deb nomlanadi.

Foto: Habertürk

Valyutani almashtirish ikki-besh yilda amalga oshiriladi. Shu vaqt ichida hukumat eski tanga va kupyuralarni muomaladan oladi va yangilariga almashtiradi.

Soʻnggi bir necha oʻn yilda mamlakatga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tufayli rialning kursi keskin tushib ketdi, yangi tushishlar esa 2018-yilda AQSHning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqqani va mamlakatga nisbatan sanksiyalar qayta tiklanganidan soʻng boshlandi. 2018-yildan boshlab rialning rasmiy kursi dollarga nisbatan uch barobar pasaydi (32 ming rialdan 42 ming rialgacha). Ammo qora bozorda hozir dollar toʻrt barobar qimmatga – 155 ming rialdan sotilmoqda, yevroning bir rialga nisbatan kursi €0,000006 deya baholanmoqda.

2019-yil soʻngida iqtisodiy muammolar va benzin narxining oshishi tufayli Eronda ommaviy noroziliklar boʻlib oʻtdi. Oʻshanda hukumat noroziliklarning keng tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida mamlakatda internet va aloqani qisman uzdi, shu bilan birga norozilik toʻlqinini bostirdi.

“Bugun bizning valyuta yevroga nisbatan katta tafovutga ega, – deya bayonot berdi Eron Markaziy banki rahbari Abdolnaser Gemmati, hamda “yarim asrdan beri” rial aziyat chekayotgan ”xronologik inflyatsiya“ haqida gapirdi. – Bu oʻzgarishlar hech qachon rialni tan olmagan va hamisha tomonni ishlatib kelgan odamlar uchun psixologik ahamiyatga ega”.

Toman XIX asr boshlarida Eronning asosiy valyutasi hisoblanardi, rial esa oʻsha vaqtda mayda pul birligi boʻlib tomanning sakkizdan bir boʻlagi edi. Ammo 932-yilda shoh Paxlaviy oʻtkazgan pul islohotlaridan keyin aynan rial asosiy toʻlov vositasiga aylandi. Islom inqilobi boʻlib shoh agʻdarilganidan soʻng rial Eronning asosiy valyutasi boʻlib qoldi, tomanning qaytarilishni koʻpchilik ildizlarga qaytish sifatida baholashmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog