Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanmoqchi


Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi to‘rt yillik yani ikkinchi muddat uchun prezidentlikga o‘z nomzodini qo‘ydi va buning uchun Eron Markaziy Saylov komissiyasiga borib rasmiy ravishda murojaat qildi. Amaldagi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy birinchi to‘rt yillik uchun 18 milliondan ortiq ovoz bilan saylangan edi.

Bugungacha 19-may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ishtirok etish uchun o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lganlar soni 860 nafarga yetdi. Murojaat qilganlar orasida sobiq deputatlardan tashqari sobiq Eron Prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham bor.

Seshanba kuni boshlagan Prezidentlik uchun o‘z nomzodini qo‘yganlarning murojaatini ro‘yhatga olish kecha 15-aprel kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Murojaati aniq qabul qilinganlar ro‘yhati esa 26-aprel kuni e’lon qilinadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog