Ernan Krespo: Messiga “Barsa”dan ketish uchun professional agent kerak boʻlgan

Argentina milliy jamoasining sobiq hujumchisi Ernan Krespo Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Leonel Messining ketishga boʻlgan urinishiga munosabat bildirdi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.

Ernan Krespo
talksport.com

“Oʻylashimcha, Messiga klubni tark etishi bilan bogʻliq vaziyatda professional agent kerak boʻlgan. Uning otasi va agenti Xorxe Messiga hurmat saqlagan holda aytamanki, ota bilan suhbatlashish professional agent bilan gaplashishga oʻxshamaydi. Chunki agent oilaviy sharoitlarni va boshqalarni hisobga olmaydi. Men Xorxening xizmatlarini yomonlashni istamayman, lekin bu muammoni oldinroq hal qila oladigan agent kerak edi. Messining “Barselona” bilan shartnomasini yangilash qiyin emas, buning uchun katta tajriba talab etilmaydi”, deydi Krespo.

Eslatib oʻtamiz, Messi yozda “Barselona”ni tark etishga harakat qildi, ammo rahbariyat klub sardori uchun 700 million yevro tovon puli talab qildi. Shundan soʻng 33 yoshli argentinalik hujumchi klub bilan sudlashishni istamay, qolishga qaror qildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog