Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirishga 100 mln dollar yo‘naltiriladi

O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot fondi vakolatli banklarga mamlakatdagi erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan investitsion loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 mln AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratadi. Bu Preziden Shavkat Mirziyoyevning 7-avgustdagi «Vazirliklar, mahkamalar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini samarali tashkil etishdagi muvofiqligini kuchaytirish va javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Foto: Gazeta.uz

Hujjatda qayd etilishicha, EIZlar faoliyatida to‘plangan tajribalar ularni rivojlantirishni jadallashtirish va samarali faoliyat olib borishiga to‘sqinlik qilayotgan qator muammolar va hal etilmagan masalalar mavjudligini ko‘rsatmoqda. Bu yerda gap investitsion loyihalar portfeli sifatining pastligi va EIZlar hududida yetakchi xorijiy kompaniyalarni jalb etgan holda eng avvalo mahalliy mineral-xom ashyo resurslari va qishloq xo‘jaligi xom ashyolarini chuqur qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali mahalliylashtirilgan ishlab chiqarishni tashkil etishdagi ishlarning qoniqarli emasligi haqida ketmoqda.

O‘zbekistondagi EIZLarni rivojlantirishga to‘siq bo‘layotgan muammolar qatorida bu kabi zonalarni o‘rta va uzoq istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha aniq prinsiplar va yondashuvlarning yo‘qligi, EIZ ishtirokchilari loyihalarini shakllantirish va saralab olish, ularni ro‘yxatga olish borasida yagona tizimning mavjud emasligi ham sanab o‘tilgan.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish uchun Prezidentning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati tuzilmasida erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosar lavozimi ta’sis etildi. Yaqindagina mazkur lavozimga tashqi savdo vazirining sobiq o‘rinbosari Shavkat To‘laganov tayinlandi.

Prezident qarorida Iqtisodiyot vazirligiga oktyabrga qadar 2018-yilda EIZ hududlariga joylashtirish uchun investitsion portfelni shakllantirish vazifasi topshirilgan.

Bundan tashqari EIZ va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus mahkamalararo komissiya tashkil etiladi. Komissiya byurokratizm va sansalorliklarga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek aybdor mutasaddi shaxslarni qat’iy javobgarlikka tortish bo‘yicha tezkor choralarni amalga oshirishi lozim.

O‘zbekistonda yettita EIZ faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning to‘rttasi 2017-yil boshida tashkil etilgan. Ular hududida to‘qimachilik, kimyo, farmatevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, avtomobilsozlik, qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha umumiy qiymati 400 mln dollarga teng 50 ta loyiha ishga tushirildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar