Erdog‘an konstitutsiyaviy referendumda g‘alaba qozonilganini e`lon qildi


Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bosh vazir Binali Yildirimni mamlakatda o‘tgan konstitutsiyaviy referendumning ijobiy natijalari bilan telefon orqali tabrikladi. Bu haqda NTV turk telekanali ma`lum qildi.

Ovoz berish byulletenlarining 98 foizi hisob-kitob qilingandan keyin konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tarafdorlari 51,3 foiz ovoz to‘plashgan. O‘zgartirishlarda mamlakatning parlamentar boshqaruvdan prezidentlik boshqaruviga o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Erdo‘g‘an, shuningdek, islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan Milliy harakat partiyasi yetakchisi Davlat Baxcheliga ham qo‘ng‘iroq qilgan. Erdo‘g‘referendum natijasi ravshanligini aytdi va islohotlar mamlakat va xalqqa foyda keltirishiga umid bildirdi.

Latest from Blog