Er xotinini tosh bilan urib oʻldirdi

Jizzax viloyati Gʻallaorol tumani Guliston qishloq fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi, 1984-yilda tugʻilgan Sh.R. sobiq rafiqasi, 1990-yilda tugʻilgan G.R. turar joyi darvozaxonasida 2010-yilda tugʻilgan qizi D.I.ning boshiga tosh bilan urayotganligini koʻrib qoldi. Bu haqda Jizzax IIB xabar bermoqda.

Shunda erkak “Nega qizimning boshiga tosh bilan uryapsan”, deganida ayol qoʻlidagi oshxona pichogʻi bilan sobiq eriga tashlanadi.

Oʻz navbatida Sh.R. oʻzini himoya qilib, shu yerda yotgan tosh boʻlagi bilan ayolning boshiga bir marta tushirgan. Olingan jarohatdan ayol voqea joyida vafot etadi. Oʻlimga bosh miya yopiq jarohati hamda bosh miyaga qon quyilishi sabab boʻlgan.

Xuddi shunday, marhuma tomonidan jarohat yetkazilgan qiz shifoxonaga yotqizildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, vafot etgan ayol 2019-yilda sobiq erini uyida pichoqlagan. Oʻshanda voqea erkakning uzoq vaqt shifoxonada davolanishi va oilaning buzilishi bilan nihoyalangandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog