Endilikda suyunchi puli uchun ariza kerak emas

Yaqinda tugʻilganlik va dafn marosimini oʻtkazish uchun beriladigan bir marotabalik nafaqa pulini olish uchun ariza yoʻllash — Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilishi boshlangan edi.

chaqaloqlar
altaynews.kz

Ushbu xizmatlarga talab yuqori boʻlgani bois, DXA mutaxassislari ulardan foydalanish yana-da qulay boʻlishi ustida izlanishlarni boshladi va yechimini topdi.

Davlat xizmatlari agentligining maʼlum qilishicha, endilikda ushbu xizmatlar kompozit tarzda, yaʼni bir ariza bilan hal boʻladi.

Endilikda tugʻilganlik yoki oʻlim toʻgʻrisida guvohnoma olish uchun FHDYO (oddiy qilib “ZAGS”) boʻlimiga murojaat etilsa, suyunchi pulini olish uchun ariza maxsus elektron tizim orqali avtomatik tarzda Pensiya jamgʻarmasiga yuboriladi.

Qoʻshimcha vaqt sarflab DXMga borishga hojat boʻlmaydi.

“ZAGS”ga murojaat qilingandan soʻng qisqa fursatda qoʻl telefonga sms-xabar keladi. Fuqaro faqatgina pasport va tegishli guvohnoma (tugʻilganlik yoki oʻlim toʻgʻrisidagi) bilan oʻziga qulay boʻlgan “Xalq banki” filialiga borib belgilangan suyunchi pullarini olib ketishi kerak boʻladi.

Ilgari suyunchi pulini olish uchun ariza bergandan soʻng, pullarni faqatgina har oyning belgilangan sanasidan soʻng va yashash manzili boʻyicha koʻrsatilgan bank filialidan olishga toʻgʻri kelardi.

Endi esa, eksterritorial tarzda istalgan bank filiali va xabar kelganidan soʻng fuqaro oʻsha kunni oʻzida pullarni olib ketish mumkin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog