Endilikda 6-7 yoshli bolalar 1-sinfga tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi


Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli qarori asosida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish tartibida bir qator o‘zgarishlar kiritildi.

Mazkur qaror umumiy o‘rta ta’lim tizimida amalda mavjud bo‘lgan, lekin normativ-huquqiy hujjatlar bilan asoslanmagan ayrim ijtimoiy munosabatlarning huquqiy jihatdan tartibga soldi. Ya’ni, u umumiy o‘rta ta’limga qo‘yilayotgan zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

Yangi tahrirdagi nizomga 20ga yaqin yangi me’yorlar kiritildi, amaldagi ko‘plab me’yorlar mazmunan to‘ldirildi. Jumladan:

maktab yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’limga qamrab olish tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan umumta’lim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida umumta’lim muassasasi pedagog xodimlari tomonidan bolalarni birma-bir (uyma-uy) ro‘yxatga olish orqali amalga oshiriladi;

– bolalarning intellektual rivojlanish jarayonini hisobga olib, ularni 6-7 yoshdan 1-sinfga qabul qilish me’yorlariga ham aniqliklar kiritildi. Endilikda Umumta’lim muassasalarining I sinfiga 6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinadi;

Tegishli yilning 31-avgustiga qadar 6,5 yoshga to‘lmagan, I sinfda o‘qish istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda o‘qishga jismonan va ruhan tayyorlash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boradi;

– og‘zaki nutq nuqsonlari va tovush talaffuzida kamchiliklari bo‘lgan o‘quvchilarga korrektsion-logopedik yordam berish maqsadida umumta’lim muassasasida o‘qituvchi-logopedlar (defektologlar) faoliyat yuritadigan logopediya shoxobchasi tashkil etilishi mumkinligi belgilandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar