“Endi yer faqat auksionda sotiladi yoki ijaraga beriladi” — Shavkat Mirziyoyev

Ayni daqiqalarda prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligi, tadbirkorlik va xizmatlarni rivojlantirish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda chorva, parranda va baliq mahsulotlarini koʻpaytirish boʻyicha vazifalar ijrosiga bagʻishlagan videoselektor yigʻilishini oʻtkazmoqda.

Surxondaryoda boshlanayotgan tajriba asosida, ishsiz aholiga qishloq xoʻjaligi yerlarini 10 yil muddatga dehqonchilik bilan shugʻullanish uchun ijaraga berish tartibi joriy qilinadi.

Buning uchun, joriy yildan boshlab qariyb 100 ming gektar gʻalladan boʻshagan yer maydonlari ishsiz aholiga dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun beriladi.

Shu orqali kamida 400 ming kishini band qilish imkoni yuzaga keladi.

Latest from Blog