Endi soliqni elektron shaklda toʻlash mumkin

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi «Soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti» degan 221-modda bilan toʻldirildi, deb yozadi «Jahon» AA. Ushbu modda asosida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti tushunchasi kiritildi va soliq toʻlovchilar bilan munosabatlarni elektron shaklda amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratildi.

Foto: nauczyciele.org

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasidan maʼlum qilishlaricha, qoʻmita mutaxassislari soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetini yanada takomillashtirish boʻyicha izchil ishlar olib bormoqda. Soliq toʻlovchi fiskal organlarga yuboradigan soliq majburiyatlarini bajarish yoki uni rad etish bilan bogʻliq xat va maʼlumotlarni joʻnatish imkoniyati joriy qilinmoqda.

Bu boradagi ishlar Oʻzbekiston prezidentining «Soliq maʼmuriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning yigʻiluvchanligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonida belgilangan talablarga toʻla mos keladi. Mazkur hujjatda davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga doir qator vazifalar belgilangan.

Shundan kelib chiqqan holda va soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetini takomillashtirish maqsadida qoʻshimcha yangi vazifalarni tatbiq etish rejalashtirilgan. Shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo kalitisiz kirish va unda ishlash imkoniyati shular jumlasidandir. Endi soliq toʻlovchi shaxsiy kabinetini faollashtirgach, soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan huquq va majburiyatlarini bajarish boʻyicha oʻzaro munosabatlar faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Joriy etilayotgan texnologiyalar davlat xizmatlari koʻrsatish tezkorligini oshirish hisobidan aholi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratadi, axborot almashish va tarqatish tezligini oshirish hisobidan fiskal organlarning oʻz vazifalarini bajarish samaradorligini kengaytiradi, axborot almashish borasida zamonaviy mexanizmlarga oʻtishni osonlashtiradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar