Endi O‘zbekiston Milliy Universitetida MDHdan kelgan xorijiy talabalar bemalol o‘qiy oladi

Endilikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining istalgan fakultetining bakalavriat bosqichiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyun kunidagi Qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi OTMlarining bakalavriatiga MDH mamlakatlari fuqarolarini qabul qilish uchun suhbat o‘tkazish va uning natijalarini belgilash to‘g‘risidagi muvaqqat yo‘riqnoma”siga binoan suhbat natijasida MDH fuqarolari qabul qilinishi mumkin.

Foto: wiseGEEK

Bu avvalo O‘zMUning mintaqadagi nufuzini va undagi ta’lim sifati ko‘rsatkichi yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

Qiziquvchilar bilan suhbat quyidagilarni aniqlash nuqtai nazaridan o‘tkaziladi:

– Sizning dunyoqarashingiz (hozirgi kunda dunyoda ro‘y berayotgan asosiy va muhim ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan umumiy xabardorligi);
– kasbiy ishtiyoqingiz va o‘qishga kirish sababingiz (tanlanayotgan kasbning mohiyati va mazmuni, uning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, ushbu kasbning qiyinchiliklari to‘g‘risida tasavvurga egalik, ushbu kasbni tanlashga undagan sabablar);
– umumiy intellektual darajangiz (fikrni aniq-ravshan, mantiqiy va ijodiy bayon qila olish hamda o‘z fikrini asoslantira olish qobiliyati);
– ma’naviy-axloqiy darajangiz (qat’iy ma’naviy-axloqiy printsiplarga ega bo‘lish, muloqot etikasi va tashqi ko‘rinish madaniyatiga rioya etishi).

Suhbat O‘zMU rektorining buyrug‘i bilan tuziladigan Maxsus komissiya tomonidan o‘tkaziladi.

Suhbat joriy yil avgust oyining 2-10-sanalarida o‘tkaziladi. Suhbat OTMda ta’lim beriladigan tilda o‘tkaziladi. MDH mamlakatlari fuqarolarini suhbatdan o‘tishi majburiy hisoblanadi. Suhbat, qoida tariqasida, OTM binolarida o‘tkaziladi.

Suhbatga kitob, daftar, yordamchi vosita, mobil telefon va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va ulardan foydalanilishi qat’iyan taqiqlanadi. Suhbat o‘tkazishda xorijiy fuqaro savollar berilgan biletni tanlaydi. Har bir bilet to‘rtta savoldan iborat bo‘ladi. Bilet olinganidan so‘ng xorijiy fuqaroga suhbatga tayyorlanish uchun 30 daqiqa ajratiladi.

Bunda xorijiy fuqaro suhbatga tayyorlanish uchun qog‘oz varaqlardan foydalanishi mumkin. Suhbatdan o‘tish jarayonida MDH mamlakatlari fuqarolariga bilet mazmuni bo‘yicha qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.

Bitta xorijiy fuqaro bilan suhbat 20 minutgacha davom etadi. Suhbat natijalari ballar qo‘yish yo‘li bilan 100 ballik tizimda baholanadi.

Suhbat natijalari 15-avgustga qadar OTMning bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish haqida qaror qabul qilish uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish Davlat komissiyasiga yuboriladi.

O‘zbekiston Respublikasi OTMlarining bakalavriatiga MDH mamlakatlari fuqarolarini qabul qilish uchun tashkil etiladigan 7 kishidan iborat Maxsus komissiya tarkibiga qo‘yidagilar kiritiladi:
– Rektor
– Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i (kotib)
– OTM Qabul komissiyasining mas’ul kotibi
– Maxsus komissiya a’zolari (4 kishi)
– Maxsus komissiya a’zolari sifatida suhbat o‘tkaziladigan yo‘nalishlar bo‘yicha OTM kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari va mutasaddi xodimlari kiritiladi.

Batafsil ma’lumotni +99871 246-08-94 telefon raqami yoki www.nuu.uz veb-sayti orqali olishingiz mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar