Eminem Yangi Zellandiya Milliy partiyasini sudga berdi


Amerikalik reper Eminem Yangi Zellandiyaning hukmron Milliy Partiyasi rahbariyatini sudga berdi. Bunga sabab pariyaning saylovoldi kompaniyasi reperning Lose Yourself qo‘shig‘idan beruxsat foydalanilgan, deb xabar bermoqda SkyNews.

Xonandaning advokati Geri Uilyams qo‘shiqning mualliflik huquqi Eight-Mile Style kompaniyasiga tegishli ekanligini va Lose Yourself Eminemning musiqiy katologidagi eng qadrli qo‘shig‘i hisoblanishini ma’lum qildi. Advokatning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya juda kam hollarda qo‘shiqni reklamalarda ishlatish uchun ruxsat beradi va uni muallifsiz qayta yozishga ruxsat bermaydi.

Qo‘shiq 2014-yilda saylovoldi kompaniyasining tashviqot ishlarida namoyish etilgan videorolikga qo‘yilgan edi. O‘shanda partiya eng ko‘p ovoz yig‘ib, saylovda g‘olib chiqgan.

Latest from Blog