/

Elektromobillar 2025 yilga kelib ishlab chiqarilishi mumkin — «O‘zavtosanoat»

Foto: bne IntelliNews

Tahminlarga ko‘ra, 2025 yilga kelib ishlab chiqarilish mumkin, hozirda konsepsiya ishlab chiqilmoqda. Bu haqda o‘tgan hafta Uzauto Motoros zavodiga uyushtirilgan press-tur davomida «O‘zavtosanoat» boshqarma boshlig‘i Qodirov Rustam ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Gazeta.uz» nashri.

«Elektromobillar bo‘yicha hozircha faqat konsepsiya yo‘nalishida ish olib borilyapti. Bizning tahminimiz bo‘yicha 2025 yillarga kelib ishlab chiqarilish mumkin. Dunyoda yiliga 100 mlnta mashina sotilsa, shularning 2% ni elektromobillar tashkil etadi. Hammaga yoqadigan mashina — Tesla. Narxi 35 ming dollar. O‘zbekistonda esa 35 ming dollarga mashina oladiganlar anchagina kam. Bizning 80% savdomiz 11 ming dollardan kam mashinalar bilan», — dedi Qodirov.

Uning fikricha, elektromobillar ekologik bo‘lsada, unga elektr energiya ishlab chiqarishdan tabiatga ko‘proq zarar yetadi.

«Elektromobilni ishlab chiqarishdan ko‘ra, birinchi o‘rinda infratuzilma yaratishimiz kerak. Elektromobilni ekologiyaga ham foydasi bor deyishadiku, lekin ekologiyaning buzilishiga 80% sabab gaz bilan ko‘mirni yoqishdan kelib chiqadi», — dedi «O‘zavtosanoat» vakili.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog