Ehtiyojmand oilalarga ajratilgan 153,2 mln so‘mlik xayriya pullari talon-taroj qilindi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi xayriya mablagʻlarini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Foto: Google Images

Oqqoʻrgʻon tumani hokimining mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha oʻrinbosari M.A. va tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobchisi B.N. tumandagi ehtiyojmand oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida kelib tushgan mablagʻlarni turli yoʻllar bilan naqdlashtirib, jami 109,2 mln soʻm pullarni oʻzlashtirishgan.

Shu bilan birga, 2020 yilda “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlardan 44 mln soʻmni maqsadsiz sarflab, rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 16 may kuni Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan JKning 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog