Eduard Shapira Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bo‘ldi

25-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Isroilning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

Elchi vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlari holati va uni yanada rivojlantirish, xususan savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ba’zi mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar