Dzyudochi G‘iyosjon Boboev xalqaro turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi

1 daqiqada oʻqiladi


Ayni kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-Pri turniri davom etmoqda.

73 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan G‘iyosjon Boboev finalgacha Eron, Gollandiya va Kanada vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi.

Finalda esa shvetsiyalik Tommi Makiasga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozondi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Fikr bildirish

Latest from Blog