Dushanbedagi Oʻzbekiston sanoat mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasi ochildi


Dushanbedagi savdo markazlaridan birida Oʻzbekiston sanoat mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasi ochildi, deb xabar beradi Sputnik Tojikiston.

Koʻrgazma Tojikiston va Oʻzbekiston savdo-sanoat palatalari hamda “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazma majmuasi tomonidan tashkil etildi.

Koʻrgazmada Oʻzbekistonning 160dan ortiq korxonasi (400dan ortiq tadbirkorlar) elektrotexnika, kabel-sim, charm, kimyo, tekstil va boshqa soha mahsulotlarini namoyish etishmoqda. Shuningdek, koʻrgazma maydonidan qishloq xoʻjaligi va transport texnikasi, xususan, yengil va yuk avtomobillari, yoʻlovchi avtobuslari, turli traktorlar, paxta terish kombaynlari oʻrin olgan.

Foto: Sputnik

Latest from Blog