Dushanbe klinikalari COVID-19 alomatlari bilan bogʻliq bemorlarga bardosh bera olmayapti

Tojikistonda COVID-19 alomatlari boʻlgan bemorlarni shifoxonaga yotqizish kundan kunga muammoga aylanmoqda. Koykalar yetishmasligi va koronavirus tarqalishi bois tibbiyot muassasalari faqat ogʻir bemorlarni qabul qilmoqda.

Tojikiston tibbiyot muassasalari rahbarlari bemorlarning koʻpligi tufayli faqat ogʻir kasallarni qabul qilishayotganliklarini yashirishmayapti. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda COVID-19ga chalingan bemorlarni qabul qiladigan 5 ming 284 ta koykali atigi 30 ta tibbiyot muassasasi, 5 ming 390 nafar shifokor va oʻrta boʻgʻinli tibbiyot xodimi bor.

Bundan tashqari, Dushanbeda 3 ming bemorga moʻljallangan vaqtinchalik shifoxona qurilishi boshlandi.

Tojikiston Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Mirxamuddin Kamolzodaning aytishicha, mamlakat shifoxonalari bemorlarni qabul qilishga tayyor, ammo u qoʻshimcha qilib “faqat koronavirus alomatlari boʻlgan bemorlargina shifoxonaga yotqizilishini” aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, odamlar vahima tufayli ham shifoxonaga yotish uchun murojaat qilgan vaqtlar ham boʻlmoqda, ular shifokorlar nazoratda boʻlishni istashadi, “ammo shifoxonaga yotish uchun dalil boʻlish kerak”. “Agar tana harorati 36,7gacha koʻtarilsa, bu shifoxonaga yotish uchun bahona emas. Haroratni 2-3 kun mobaynida nazorat qilish kerak. Agar harorat 38dan past boʻlib, yoʻtal boʻlmasa, bu kabi bemorga shifoxonaga yotish shart emas”, — deydi Kamolzoda.

Kamolzodaning qoʻshimcha qilishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligi bemorlarni aniqlash va shifoxonaga yotqizish dasturini ishlab chiqdi, shunga asoslanib shifokorlar qaror qabul qiladi.

Karim Axmadov nomli Salomatlik markazi bosh shifokori Farrux Maxmadzodaning ma’lum qilishicha, ayni damda klinikasi yangi bemorlarni qabul qilmayapti. Uning soʻzlariga koʻra, soʻngi uch kunda 109 nafar bemor yotqizildi, bugungi kunda bu yerda 300 nafar bemor davolanmoqda.

Uning aytishicha, oʻziga ishonib topshirilgan shifoxonada zotiljamga chalingan bemorlar davolanmoqda, ularning ahvoli oʻrtacha va ogʻir. “Mutaxassislarimiz rentgenni koʻrishadi, bemorning ahvolini baholaydilar. Kasallikning alomatlari bor, ana oʻshanga qarab shifoxonaga yotqiziladi. Yengil kasallangan bemorlar uyda davolanishlari mumkin. 60 yoshgacha boʻlgan bemorlar kasallikni yengil oʻtkazishi mumkin”, — deydi Maxmadzoda.

Shu bilan birga, jurnalist Shaxnoz Komilzoda 13-may kuni Feysbukda Salomatlik markaziga olib borilgan, ammo sunʼiy nafas oldirish apparati yoʻqligi tufayli “Istiqlolga” olib ketilgan qarindoshining ikki soat oʻtib COVID-19 tufayli vafot etganini maʼlum qildi.

Poytaxtdagi “Zarafshon” mavzesidagi infeksion shifoxonaga har kuni bir necha oʻnlab bemorlar yotqiziladi, mustaqil OAVning xabar qilishicha, bu yerda amaldorlar va ularning qarindoshlari davolanadi. Mazkur shifoxona shifokori Nurullo Islomovning aytishicha, bir kecha kunduzda “tez yordam” olib keladigan 30-40 gacha bemorlarni qabul qiladilar, hamda shuncha miqdordagi bemorlarni chiqaradilar, shu sababli shifoxona hamisha bemorlarga toʻla.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Tojikistonda COVID-19ga 800dan ortiq kishi chalingani qayd qilingan, shu bilan birga shifokorlar va tibbiyot xodimlari xatar guruhiga kiritilgan: ulardan ayrimlari kasblarni bajarayotgan vaqtda vafot etdi.

JSST ekspertlari Tojikistondagi epidemiologik vaziyatni 12 kun oʻrganganlaridan soʻng, Tojikistonda kasallik choʻqqisiga chiqmaganini maʼlum qildilar, koronavirus tarqalishini oldini olish choralarini yana 3-4 oyga uzaytirish kerakligini taʼkidladilar. Shu bilan birga Tojikiston hukumati mamlakatda keskin cheklov choralarini koʻrmayotganlikda tanqid qilinadi. Hukumat karantin joriy qilinishi iqtisodiy inqirozga olib kelishini aytmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog