/

Dunyoga mashhur “Newseum” (Yangiliklar muzeyi) yopildi

Foto: Ikhtiyor Rakhman

Nafaqat AQShda, balki butun dunyoda jurnalistika va soʻz erkinligiga bagʻishlangan noyob sanʼat dargohi sifatida mashhur boʻlgan “Newseum“ muzeyi eshiklari 31-dekabr kuni soat 17:00 da soʻnggi bor yopildi. U 12 yil davomida poytaxt Vashington shahri markazidagi muhtasham binoda faoliyat olib bordi.

Foto: Ikhtiyor Rakhman

Gap shundaki, muzey bankrot boʻlgan. Unga kirish pulli boʻlsa-da, bu narsa oʻzini oʻzi qoplashga yetmagan. Muzey binosini Jons Xopkins universiteti 372,5 million dollarga sotib oldi.

Foto: Ikhtiyor Rakhman

“Newseum“ nafaqat AQShda, balki butun dunyoda jurnalistikaga va soʻz erkinligiga bagʻishlangan noyob sanʼat dargohi sifatida mashhur edi. Bu yerda Berlin devori va 11-sentabrda vayron boʻlgan Nyu-Yorkdagi egizak binolar parchalari, Yugoslaviyadagi urushda jurnalistlarning pachoqlangan mashinasi, dunyoning nufuzli gazetalari bosh sahifalari kabi koʻplab noyob eksponatlar koʻrgazmaga qoʻyilgan edi.

Foto: Ikhtiyor Rakhman

Umuman, AQShda anʼanaviy jurnalistikaning ahvoli yaxshi emas. Oʻtgan 15 yil ichida 2000 dan ortiq gazeta yopilgan. “Gallup” oʻtkazgan ommaviy soʻrovga koʻra, bugun Amerika aholisining yarmidan koʻpi matbuotga ishonmaydi. Ommaviy axborot vositalarini ishonchli manba sifatida koʻradiganlar soni oʻtgan asrning 70-yillarida 70 foiz boʻlgan.

Foto: Ikhtiyor Rakhman

Muzey butunlay yopilmagan. U bundan buyon faoliyatini onlayn davom ettiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog