Dunyoga dong‘i ketgan tenor Andrea Bochelli Toshkentda konsert beradi

Italiyalik mashhur tenor Andrea Bochelli 2017-yilning 8-iyun kuni O‘zbekistonda konsert beradi. Bu haqda «Korrespondent O‘zbekiston» muxbiri xabar qilmoqda.

Foto: Korrespondent.uz

Bochellining konserti O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan «Istiqlol» san’at saroyida tashkillashtirilmoqda.

Italiyalik tenor konsert davomida klassik asarlar va mashhur qo‘shiqlarini kuylaydi. Taniqli musiqachining chiqishida orkestr va xor hamrohlik qiladi. Andrea Bochelli bilan bir sahnada maxsus mehmonlar ham chiqish qilishi kutilmoqda.

San’at saroyi kassalarida bo‘lgan muxbirimizning xabar qilishicha, chipta bahosi 150 000 so‘mdan  1 500 000 so‘mgacha bugun, 23-maydan sotuvga chiqarildi. Chiptalar sotuvga qo‘yilishi bilan kassa oldida darhol turnaqator navbatlar paydo bo‘lgan. Bu albatta o‘zbekistonliklarning san’at shaydosi ekanligining yaqqol isbotidir.

 

Andrea Bochelli Piza shahridan uzoq bo‘lmagan Layatiko qishlog‘ida (Toskana viloyati) dunyoga kelgan. Bochellining bolalik damlari oilaviy fermasida o‘tgan. U bolaligidanoq fortepiano, fleyta va saksafon chalishni o‘rgangan.

Xonandada bolaligidanoq ko‘rish qobiliyati (glaukoma) bilan muammolar bo‘lgan. Ko‘z bilan bog‘liq 27 ta operatsiyadan so‘ng, aynan futbol maydonida Andreaning boshiga koptok tegishi natijasida, u butunlay ko‘r bo‘lib qolgan.

Latest from Blog