Foto: International IDEA

Dunyoda COVID-19 infektsiyasini yuqtirganlar soni 116,8 milliondan oshdi

/

Pandemiya boshlanganidan beri dunyoda aniqlangan koronavirus infeksiyalari soni 116 830 052 taga yetdi, deya xabar beradi Amerikaning Jons Xopkins universiteti.

Jahon miqyosida COVID-19 bilan bogʻliq kasalliklardan vafot etganlar soni 2 million 593 ming 222 kishiga oʻsdi, 91 milliondan ortiq odam sogʻayib ketdi.

10 million yoki undan ortiq COVID-19 infeksiyasiga chalingan mamlakatlarga AQSh, Hindiston va Braziliya kiradi.

Qoʻshma Shtatlar yuqtirganlar va vafot etganlar soni boʻyicha yetakchi boʻlib qolmoqda. Mamlakatda jami 2 8998 834 kishi COVID-19 yuqtirgan, 525 031 oʻlim qayd etilgan va 20 millionga yaqin odam davolangan.

Hindiston yuqtirganlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinda turibdi. Bu yerda pandemiya boshlanganidan buyon tasdiqlangan COVID-19 kasalliklari soni 11 229 398 kishini, oʻlganlar soni 157 853 kishini tashkil etdi, 11 millionga yaqin odam sogʻayib ketdi.

Yuqtirilgan odamlarning soni boʻyicha dunyoda uchinchi oʻrin Braziliyada. Bu yerda pandemiya davrida 11 191 944 ta holat qayd qilingan, shundan 265 411 kishi vafot etgan, 9,7 milliondan ortigʻi davolangan.

Dunyo miqyosidagi eng muhim voqealar statistikasiga ixtisoslashgan Worldometer portalining maʼlumotlariga koʻra, dushanba kuni ertalab dunyo aholisining 1 millioniga toʻgʻri keladigan oʻlim darajasi 334,2 ni tashkil etdi. Qoʻshma Shtatlarda 1 million aholiga 1 618 kishi, Hindistonda — 114, Braziliyada — 1243 kishi vafot etdi.

Latest from Blog