Dunyo boʻylab koronavirusga chalinganlar 4 milliontadan oshib ketdi

2019-yilning dekabr oyida Xitoyning Uxan shahridan tarqalishni boshlagan COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 9-may kuni tongda 4 014 436 tani tashkil qildi.

Foto: Clínicas de Chile

Kasallikni yuqtirish boʻyicha dunyoda AQSH yetakchilik qilib turibdi. Mamlakat boʻylab 1 322 163 kishida infeksiya aniqlangan. Bugunga qadar esa 78 616 kishi vafot etgan. Ayni paytdagi faol holatlar 1 019 798 tani tashkil qilmoqda.

Kasallikning tarqalishi shuningdek, Ispaniya (260 117), Italiya (217 185), Buyuk Britaniya (211 364), Rossiya (187 859), Fransiya (176 079), Germaniya (170 588), Braziliya (146 894), Turkiya (135 569) va Eronda (104 691) ham avj olgan.

Kasallikdan vafot etish boʻyicha Buyuk Britaniya Yevropada yetakchilik qilmoqda. Mamlakatda bugunga qadar koronavirusdan 31 241 kishi halok boʻldi.

Markaziy Osiyo davlatlarida kasallik eng koʻp Qozogʻistonda tarqalgan — 4 834 kishi. Mamlakat oʻlim holatlari boʻyicha ham yuqori reytingda — 31 kishi. Oʻzbekistonda esa ayni vaqtda infeksiyani yuqtirganlar 2 325 tani tashkil qilmoqda. 10 kishi virus sabab halok boʻldi. 9-may tongida mamlakatda yana 11 kishida koronavirus aniqlanib, infeksiyalanganlar soni 2 336 tani tashkil qildi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog