Foto: Namangan Square

Dubaylik magnat Murari Jalan O‘zbekistonda aviakompaniya ochishni rejalashtirmoqda

/

Hindistonning Jet Airways aviakompaniyasining asoschisi deya taxmin qilingan va MJ Developers asoschisi hisoblanuvchi dubaylik magnat Murari Lal Jalan O‘zbekistonda aviakompaniya ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Hindu Business Line’ga tayanib, Spot xabar berdi.

Nashrning ixtiyoriga kelib tushgan hujjatlarda yozilishicha, Murari Lal Jalan Namanganda yangi aeroport qurish, shuningdek, sohada to‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi yangi aviakompaniyani yaratish ustida O‘zbekiston hukumati va Namangan viloyati rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, bu respublikaning aviatsiya va turistik sohalarining rivojlanishiga yangi turtki beradi. Birinchi bosqichda MDH va Yevropa Ittifoqi davlatlariga xizmat ko‘rsatish rejalashtirilmoqda. Murari Lal Jalan ham aeroportning, ham aviakompaniyaning majoritar aksioneriga aylanadi.

Aviakompaniya parkidan B737 Max, Airbus A330 va Boeing 787 Dreamliner samolyotlari o‘rin oladi. Aviakompaniyaning Bombardier, Hawkers va Augusta samolyot hamda vertolyotlaridan iborat HNI va Ultra HNI nomli sho‘ba korxonasiga ega bo‘ladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar