Dubayda qurilish ketayotgan binoda yong’in chiqdi


Dubayda dunyodagi eng katta Burj-Xalifa binosi yaqinida qurilayotgan osmono‘par binoda yong‘in chiqdi, deya xabar qilmoqda Gulf News.

Yong‘in yakshanba kuni ertalab mahalliy vaqt bilan 5:30 (Toshkent vaqti bilan 6:30) qurilish ketayotgan 60 qavatli Address Residence Fountain Views turar joy binosi hududidan chiqgan. Yong‘in chiqgan yaqin joyda Dubai Mall savdo markazi hamda 2016-yil kirib kelishi arafasida yong‘in sodir bo‘lgan Address Hotel binolari joylashgan.

“Tez yordam mashinalari yog‘in joyiga jo‘natilgan. Jarohatlanganlar haqida xabar kelib tushmadi,” – deyiladi Dubay media markazi xabarida.

Shahar hukumati binoga yaqin ko‘chalardagi avtomobil harakatini to‘xtatib qo‘ygan.

 

Latest from Blog