Dubayda yurtdoshini fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qilgan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi

Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanilik 1984-yilda tugʻilgan A.N. BAAning Al-Ayn shahrida yurgan vaqtida RFning Sankt-Peterburg shahrida boʻlgan tanishi 1991-yilda tugʻilgan Samarqand viloyati Narpay tumanilik M.G.ga oʻzi yashayotgan Al-Ayn shahrida oshpaz yordamchisi boʻlib ishlashni taklif qiladi.

Unga oʻzi Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahridagi xalqaro aeroportdan “Olmaota–Dubay” yoʻnalishiga chipta xarid qilib, G.M.ni Dubay shahrida kutib oladi.

Yoʻl xarajatlariga 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni sarflaganligini bildirib, M.G.ning fuqarolik pasportini olib qoʻyadi.

Vaʼda qilingan oshpazlik ishi oʻrniga Al-Ayn shahridagi ijaraga olingan uyida G.M.ni fohishalik bilan shugʻullanishga majbur qiladi.

IIV Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Samarqand viloyati IIB Transportda JXT boʻlimi huzuridagi TB tomonidan 2017-yilning 18-may kuni A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hududiylik boʻyicha Surxondaryo viloyati IIBga yuboriladi va Shoʻrchi tuman IIB tomonidan ayol qidiruvga beriladi.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida A.N. shu yilning 25-sentabr kuni BAAdan “Dubay–Toshkent” yoʻnalishdagi aviareys orqali olib kelinib, tegishli ichki ishlar idorasiga topshirildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog