DTM qoʻshimcha test oʻtkazish sanasini maʼlum qildi

Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2020-yil 19-iyundagi 1-son bayoniga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga qabul boʻyicha test sinovlari oʻtkaziladigan hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlgan abituriyentlarni kiritmasdan, ular uchun test sinovlari toʻliq yakunlangandan keyin toʻrtinchi kuni test sinovlarini oʻtkazish belgilangan. Bu haqda Davlat test markazi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat komissiyasining 2020-yil 13-sentabrdagi 4-son bayonida joriy yil 2-13-sentabr kunlari oʻtkazilgan test sinovlarida hududga kirishda tana harorati 37⁰ C dan yuqori boʻlgan hamda test sinovi oʻtkaziladigan kunda koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan abituriyentlar uchun test sinovlarini 2020-yil 17-sentabr kuni tashkil etish belgilangan.

Mazkur abituriyentlar uchun test sinovlari 2020-yil 17-sentabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 8:00 dan 11:00 ga qadar, Toshkent shahrida Yunusobod tumanidagi Botanika bogʻida 15:00 dan 18:00 ga qadar boʻlib oʻtadi.

Abituriyentlardan test sinovlariga kechikmasdan, belgilangan vaqtda kamida 1 soat oldin, shaxsiy pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelish soʻralgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog