Donbassda harbiy harakatlar qayta boshlanganligi sababli Qoʻshma Shtatlar qoʻshinlarni maksimal darajada tayyor holatga keltirdi

Foto: Twitter

Donetsk viloyatida ayirmachilar va ukrain harbiylari oʻrtasida jangovar harakatlar qayta boshlangandan keyin va Rossiya qoʻshinlari Ukraina bilan chegara yaqinida toʻplanganligi sababli Qoʻshma Shtatlar oʻz qoʻshinlarini maksimal jangovar tayyorgarlikka keltirdi. Bu haqda Politico rasmiy harbiy manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Gazetaning yozishicha, 1-mart kuni NATO qiruvchilari alyansning havo hududi yaqinida rus qiruvchi va bombardimonchi samolyotlarining koʻplab parvozlariga javoban 10 marotaba havoga koʻtarilgan.

Shimoliy Amerika aerokosmik mudofaasi qoʻmondonligi (NORAD) va AQSHning Shimoliy qoʻmondonligi (USNORTHCOM) boshligʻi general Glen Vanherk Rossiya tajovuzkorligi va Moskvaning “dunyo miqyosidagi taʼsirini tiklash” istagini taʼkidladi.

Ayni paytda AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin telefon orqali suhbatda Ukrainaning mudofaa vaziri Andrey Taranga Donbassda “Rossiya tajovuzkorligi avj olganda” AQSH Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini aytdi.

“Lloyd Ostin Rossiya Federatsiyasining soʻnggi harakatlaridan xavotir bildirdi va Ukrainaning mudofaa vazirini Donbass va Qrimda davom etayotgan Rossiyaning agressiyasi sharoitida Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga tayyorligiga ishontirdi”, deyiladi Ukraina Mudofaa vazirligi bayonotida.

Qrimdan Federatsiya Kengashi aʼzosi Sergey Sekovning aytishicha, Ukraina Mudofaa vazirligining bayonoti “uning ishonchliligiga katta shubha tugʻdiradi”.

Uning taʼkidlashicha, mojaro faqat Ukrainadan Rossiyaga qarshi boʻlishi mumkin. Sekov, shuningdek, Ukraina Mudofaa vazirligining bayonoti mamlakat oʻziga koʻproq siyosiy vazn berishni xohlayotgani bilan bogʻliq deb hisoblaydi. “Agar Ukraina Rossiyaga qarshi qurolli toʻqnashuvni boshlasa, amerikaliklar Kiyev tomoniga oʻtishini tasavvur qilish qiyin”, dedi u.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog