Donald Trampning reytingi AQSh prezidentlari orasidagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi

ABC News​ nashri o‘tkazgan umumamerika so‘rovnomasi xizmat vazifasining dastlabki olti oyida prezident Trampning mavqeyi tarixiy antirekordni qayd etganini ko‘rsatdi.

Foto: CNN

10-13-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan umumamerika so‘rovnomasida qatnashgan 1 001 nafar katta yoshdagi fuqarolar Oq uy rahbarining 6 oylik faoliyatiga baho berganlar.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 36 foizi amaldagi prezidentini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu mazkur so‘rovnoma o‘tkazila boshlangan 1945-yildan beri eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Solishtirish uchun, Barak Obamaning dastlabki 6-oydagi reytingi 59 foizni tashkil etgan edi.

Amerika aholisining 58 foizi Donald Trampdan noroziligini izhor etgan. Bu ham AQSh prezidentlari orasidagi eng yomon ko‘rsatkich hisoblanadi. Bungacha eng past reyting Bill Klintonga tegishli bo‘lib turgan edi.

AQSh aholisining 48 foizi mamlakatning dunyodagi yetakchiligi oldingidan ko‘ra pastroq, deb hisoblashini ma’lum qilgan. Shuningdek, qatnashchilarning 63 foizi o‘tgan yili Donald Trampning o‘g‘li va kuyovining rossiyalik yurist bilan uchrashuvini noto‘g‘ri deb o‘ylashini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, prezidentligining dastalbki 100 kuni bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomada Trampning ko‘rsatkichlari nisbatan yaxshiroq bo‘lgan edi. Jumladan, avvalgi reytingda 42 foiz amerikaliklar Trampni qo‘llashini bildirgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog