Donald Tramp Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi


Amerika Prezidenti Donald Tramp Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashdi.

Oq uyda bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, ikki davlat rahbarlari matbuot anjumanini o‘tkazishdi.

Anjumanda so‘zga chiqqan Donald Tramp “Isroil bilan Falastin o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishiga guvoh bo‘lish bizning katta orzuyimizdir”, — dedi.

“Falastin bilan Isroilning bir-biri bilan o‘zaro kelisha olishini ko‘rmoqchiman”, — deya ta’kidlagan Tramp Yaqin sharqda tinchlik ta’minlash uchun qadam tashlashga harakat qilganini, biroq tinchlik jarayoni ikki davlat o‘rtasidagi to‘g‘ridan muzokaralar natijasida yo‘lga qo‘yilishini tilga olib.

Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash yo‘lida bir qator muhim uchrashuvlarni amalga oshirganini aytgan Tramp, “Umid qilamanki, bu sa’y-harakatlarim o‘z natijasini beradi”, — dedi.

Mahmud Abbos “Yaqin sharqda tinchlikni ta’minlash uchun hamon umidimiz bor, lekin buning uchun ba’zi tashabbuslarga ehtiyoj talab qiladi”, — dedi.

“Isroilni Falastin tuproqlarining ishg‘olidan to‘xtatish vaqti yetib keldi. Bizning strategiyamiz 1967-yildagi chegaralar asosida ikki davlatli yechim asosida tinchlik shartnomasiga erishishdir”, — deya ta’kidlagan Abbos Isroil Falastinni, Falastin esa Isroilni tan olishi kerakligini aytib.

Latest from Blog