Foto: vecherka.tj

Dilshod Nazarov: Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida qatnashish huquqidan mahrum boʻldim

Taniqli tojikistonlik sportchi, bolgʻa uloqtirish boʻyicha 2016-yilgi Olimpiada chempioni Dilshod Nazarov Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida qatnashish imkoniyatidan mahrum qilindi.

Yengil atletikadagi salbiy hodisalarga qarshi mustaqil tashkilot — Athletics Integrity Unit (AIU) Dilshod Nazarovni doping qabul qilganligi uchun ikki yilga diskvalifikatsiya qildi. Hukm 2019-yil 24-sentyabrda boshlangan edi. Shu tariqa, Dilshod joriy yilning oktyabr oyidagina sportdagi faoliyatini qayta tiklay oladi.

AIU veb-saytida yozilishicha, tojikistonlik sportchi 2011-yilgi Jahon chempionati paytida olingan doping namunalarini qayta tekshirgandan soʻng jazolangan. Maʼlum qilinishicha, sportchining qonidan taqiqlangan metabolite of oral turinabol moddasi topilgan. Uning 2011-yil 29-avgustdan 2013-yil 29-avgustgacha boʻlgan natijalari ham bekor qilindi.

Latest from Blog