Denis Istomin Rolan Garros turnirida nima uchun ishtirok etmasligi maʼlum boʻldi

Fransiya ochiq chempionatida ishtirok etishi kerak boʻlgan tennischilar test topshirgan, natijada ular orasidagi ikki nafar sportchida koronavirus aniqlandi, deya yozmoqda jurnalist Denni Mishe tvitterdagi sahifasida.

Istomin
tennis.com

Manbaning yozishicha, koronavirus yuqtirib olgan ikki sportchidan biri oʻzbekistonlik Denis Istomindir. Tennis boʻyicha Oʻzbekiston milliy jamoasi aʼzosi hozirga kelib alohida nazoratga olingan va Rolan Garros turnirida ishtirok eta olmaydi.

Eslatib oʻtamiz, katta shlem tasnifidagi Rolan Garros turniri 21-sentabr – 11-oktabr kunlari Fransiyada oʻtkaziladi. Musobaqaning amaldagi gʻolibi ispaniyalik Rafael Nadal va avstraliyalik tennischi ayol Eshli Barti hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, hozirga kelib Fransiyada COVID-19 yuqtirib olganlar soni rekord darajagacha yangilanmoqda. 10-sentabrda kunlik kasallanishlar soni rekord – 9843 kishini tashkil etgan boʻlsa, 19-sentabrda kunlik infeksiya yuqtirayotganlar soni 13 498 nafar kishiga yetgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog