Denis Istomin faoliyati davomida ishlagan mukofot pullari miqdori 5 mln dollardan oshdi

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istominning faoliyati davomida ishlab topgan mukofot pullari 5 038 510 dollarga teng, deb yozadi «Olamsport«.

Foto: ATP World Tour

Nashr xabariga ko‘ra, 12 yildan beri ATR o‘yinlarida qatnashadigan Istominning yillik o‘rtacha daromadi 420 728 dollarni tashkil qiladi.

24-iyul holatiga bunday ko‘rsatkich bo‘yicha (yillik o‘rtacha daromadi) faoliyati orqali 107 309 145 dollar ishlab topgan Rojer Federer yetakchilik qilmoqda. U yiliga o‘rtacha 8 478 320 dollar ishlab topadi.

Undan keyingi o‘rinlarni Rafael Nadal ( faoliyati davomida 86 111 479, yiliga 7 386 870) va Sten Vavrinka (faoliyati davomida 30 623 544, yiliga 2 818 912) lar egallab turibdi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar